Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada xalqaro andozalar hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida qo‘llayotgan namunaviy dasturlar va adabiyotlar asosida molekulyar fizika bo‘limiga oid “Fizik Praktikum” fanidan tajriba mashg‘ulotlarini bajarish tartibi batafsil bayon etilgan. Fanni o‘qitishdan maqsad Respublikada texnik soha mutaxassislarining chuqur bilimli va yuqori salohiyatli, keng fikrlovchi, xorijiy hamkasblari bilan raqobatlasha oladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Copyright © 2025 Rainbow-Themes. All Rights Reserved