“Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kursi qattiq jismlar fizikasining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, yarimo‘tkazgich va dielektrik materiallarning fizik xossalari, ularning tuzilishi hamda elektr, issiqlik va optik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kurs davomida talabalar yarimo‘tkazgich materiallarning energiya zonalari, elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmlari, zaryad tashuvchilar harakati, shuningdek dielektrik moddalarning qutblanish jarayonlari va ularning texnikada qo‘llanilishi haqida bilimga ega bo‘ladilar. Mazkur kurs 120 soatdan iborat bo‘lib, 12 soat ma’ruza mashg‘ulotlari, 42 soat laboratoriya mashg‘ulotlari hamda 66 soat mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida nazariy bilimlar bayon qilinadi, laboratoriya mashg‘ulotlarida esa yarimo‘tkazgich va dielektrik materiallar bilan bog‘liq tajribalar bajarilib, olingan natijalar tahlil qilinadi. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda qo‘shimcha topshiriqlarni bajaradilar. Ushbu kurs talabalarda zamonaviy elektronika va yarimo‘tkazgich texnologiyalarining fizik asoslarini tushunish, tajriba natijalarini tahlil qilish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hali hech kim baholamagan.
Baho qoldirish uchun tizimga kiring.
Copyright © 2025 Rainbow-Themes. All Rights Reserved