Darslikda o‘quv materiallarining ketma-ketligi, hajmi, bayon etilishi, nazariy jihatdan chuqurligi va amaliy tomondan talabalar tanlagan ixtisosliklari doirasida egallashlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar hisobga olingan. Talabalarning tushunishlari, o‘zlashtirishlari qulay bo‘lishi va darslikning samaradorligini oshirish maqsadida har bir bo‘limdan so‘ng mavzularga oid masalalar yechish namunalari, jadvallar, ko‘plab tasviriy vositalar (sxemalar, rasmlar) va o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun testlarga keng o‟rin berilgan. Mavzularni yoritishda ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanilgan va darslik yakunida talabalarning mustaqil ta’limini shakllantirish, tashkil etish uchun namuna berilgan.
Copyright © 2025 Rainbow-Themes. All Rights Reserved