Tavsif
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib,
O‘rta Osiyo hududi dunyo ilm-fan markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan
birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur olimlarni yetishtirib berdi.
Xususan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy,
Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani
rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan.