Tavsif
XXI asr axborot texnologiyalar asri bo`lishi bilan birga fundamental fanlar rivojlangan,
yuksak intellektual, yuksak salohiyatli, bilimli shaxslar asri hisoblanadi. Bu holat boshqaruvga
oid munosabatlar sohasida ham yangilanishlar, islohotlar yuz berishi, liderlik qobiliyatiga ega,
intellektual saviyasi yuqori, zamonaviy fikrlaydigan shaxslarning adolatli, insonparvar va eng
muhimi xalqchil bo'lgan boshqaruv usullaridan amaliy hayotda samarali foydalana olishni ham
talab qilmoqda. Mazkur to‘plam “Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy liderlari” mavzusidagi ilmiy
konferensiya materiallaridan iborat.