Tavsif
O`quvchilarda Astronomiya bilimlariga qiziqishning borligini taxmin qilishga asos
bo`ladigan tashqi alomatlarni quyidagicha belgilash mumkin:
O`quvchining Astronomiya faniga qiziqishi uni hech kim majbur qilmay turib, o`zining
bo`sh vaqtini sarflab, shug’ullanishga moyilligi Astronomiyaga qiziquvchi o`quvchi hamma vaqt
xam o`z qiziqishini namoyish qilavermaydi. Biror vaziyat sababli yoki boshqa qiziqishlar hukmiga
berilib ketishi, bilimidagi kamchiliklari, o`qitish metodikasining yaxshi emasligi tufayli
Astronomiyaga qiziquvchi o`quvchi bu fanga qisman qiziqadigan, hatto unga loqayd qaraydigan,
uni o`rganishda katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritishga intilmaydigan bo`lib qoladigan hollari
ham uchraydi