Tavsif
Jahonda barqaror taraqqiyotni uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlashdagi
muammolarni bartaraf etishda ilmiy jihatdan turli yondashuvlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunday yondashuvlarga uzluksiz ta’lim mazmunini yangilashga urinishlar, (mobil
ilovalar,dastur, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar), yangi o‘quv va ilmiy manbalarni (chet el
darsliklari va metodlari) joriy etish, o‘quvchilarni xalqaro mobilligini ta’minlash kabi jarayon
va qoidalarni keltirish mumkin. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya mazmunini fan va ta’lim
oluvchilarning ilmiy savodxonligini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirildi.
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom ettirishdan iborat”. Ushbu vazifalarni oliy ta’lim muassasalarida
amalga oshirish uchun molekulyar fizika fanini alohida bo‘limlarini o‘qitishning shunday bir
metodik tizimini yaratish lozimki, unda ta’limning mazmuni, maqsadi, vazifasi va barcha
komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash zarur masala bo‘lmog’i darkor.