Tavsif
Yurtimizda barcha ta’lim dargohlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berish, ularni har jihatdan yеtuk, barkamol inson qilib voyaga
yеtkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim sohasidagi yangi islohotlar
yoshlarga ta’lim berish, o‘quv yurtlarini rivojlantirish va zaruriy talab hamda shart
sharoitlarni yaratish borasida qilingan dastlabki ijobiy qadamlar bo‘ldi. Kelajakda
o‘sib kelayotgan avlodni xalqimiz va yurtimiz uchun jonkuyar, fidoiy va malakali
mutaxasis qilib tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Bu bosqichda yuqori malakali,
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin bo‘la oladigan barcha omillar,
o‘qitiladigan fanlar, ularning dasturlari va o‘qitish mazmunlari sifat jihatdan
yangilanishni taqozo etmoqda. Bu muammolarni hal etilishi, nafaqat fizika va
astronomiya ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitish samaradorligini oshirishga olib
keladi, balki oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan kadrlarni tayyorlashda ham qo‘l
keladi. Fizik mutaxassislarni tayyorlash tizimida kasbiy kompetentlik muhim o‘rin
egallaydi.